06 apr 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib yarim engil vaznning eng kuchli jangchisi kim degan savolga javob berdi + FOTO
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov yarim engil vazn toifasining ayni paytdagi eng kuchli jangchisi kim ekanini aytdi.
"Zabit Magomedsharipov dunyoning yarim engil vazn divizionidagi eng kuchli jangchisi", - deya o'zining Instagram sahifasida surat va uning ostida izoh qoldirgan Xabib.
Malumot uchun, 30 yoshli Zabit Magomedsharipov mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda va ayni paytda UFC reytingida 3-o'rinni egallab turibdi. U bir yarim yildan beri oktagonga chiqmayapti. So'nggi jangida Kelvin Kattarni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. Ushbu vazn toifasida avstraliyalik Aleksandr Volkanovskiy amaldagi UFC chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar