06 apr 09:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib yoki Islam? Arman Carukyan eng yaxshisini aytdi
Arman Carukyan Xabib Nurmagomedov va Islam Maxachevni ideal formada solishtirganda, eng yaxshi jangchi kim degan savolga javob berdi.
"Kim yaxshiroq - eng yuqori cho'qqisidagi Xabibmi yoki Islam?", - deb so'radi Carukyandan bloger Ranjit Singx (N3on).
"Islam! CHunki u ko'p qirrali jangchi va kamiga uning burchagida Xabib bor", - deya javob berdi rossiyalik top engil vaznli jangchi.
Arman Carukyan 18 aprel kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan RAF 8 kurash turnirida amerikalik faxriy Yuraya Feyberga qarshi bahs olib boradi. SHuningdek, u iyun oyida Oq uydagi UFC bayram shousining asosiy jangi hisoblangan Iliya Topuriya va Jastin Getji bahsini sug'urtalashni rejalashtirmoqda.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar