29 noy 10:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning akasi: Konor birinchi bo'lib menga zarba bergandi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov yana bir bor jangdan keyin bo'lib o'tgan voqeylikni esladi.
Abubakarning aytishicha, uning rejasida UFC 229 turniridan so'ng Konor Makgregor bilan mushtlashish bo'lmagan.
“Men hech qachon birinchi bo'lib zarba bermaganman. Konor bilan vaziyatda ham xuddi shunday bo'ldi. Birinchi bo'lib Makgregor menga zarba berdi. SHundan keyingina kichik mushtlashuv yuzaga keldi. Unga kuchli zarba berdimmi? Yo'q, men bunday demagan bo'lardim.
Ahamiyat berib qarasangiz, o'sha paytda men Xabibning yoniga yugurayotgandim. Men g'alabali onlarda uning yonida bo'lishim kerak edi. Vaziyatga qarab harakat qildim. Men buni normal holat sifatida baholayman”, - dedi Abubakar Sport24 kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Fikrlar