19 noy 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning amakisi: Uning faoliyatini yakunlashiga qarshiman
UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning amakisi Nurmagomed Nurmagomedov jiyanining faoliyatini yakunlashiga qarshi ekanini malum qildi.
Katta Nurmagomedov Xabib kun kelib, o'z qarorini o'zgartirishiga umid qilmoqda.
"Xabibning faoliyatini yakunlashiga qatiy qarshiman. Uning yaqinlari orasida bu qarorga qarshi chiqqan yagona inson men bo'lsam kerak. Lekin Xabib mustaqil kishi. Qarorlarni o'zi qabul qiladi. U jang qilishi lozim. Professional sportchi va sobiq murabbiy sifatida shuni aytishim kerak-ki, u nafaqat bitta, balki bir nechta jang o'tkazishi kerak. Xabibning qaroriga faqat uning onasi o'zgartira oladi", — dedi Nurmagomed Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli Nurmagomedov UFC 254 turnirining markaziy jangida Jastin Getjini mag'lub etganidan so'ng faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Uning rekordi 29-0!
Havola :
Fikrlar