15 dek 14:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning jamoasi Toni Fergyusonga rasmiy taklif bilan chiqdi
UFC oktagonida bir necha urinishlardan keyin ham to'qnash kelmagan Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o'zaro uchrashishlari mumkin.
Bu haqida rossiyalik sobiq chempionning menejeri Ali Abdelaziz xabar berdi. Unga ko'ra, Xabibning jamoasi amerikalikka qarshi grepplingda o'zaro jang o'tkazishni taklif qilmoqda.
"Toni, Burgut bilan greppling bo'yicha jang o'tkazishga nima deysan? Men bu safar sen bilan hazillashmayapman. Taklifim jiddiy", - deya o'zining Tvitter sahifasida Toniga murojaat qilgan Abdelaziz.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o'rtasidagi jangni tashkil qilish bo'yicha beshta urinishning bari omadsizlikka uchragan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar