24 okt 21:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning menejeri Konorni o'ta jiddiy ogohlantirdi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdul-Aziz Konor Makgregorga javob qaytardi.
Bir necha kun avval Konor Xabib bilan jangini tahlil qilib chiqqani haqida gapirgan edi.
“Bu sharmandalik. Agar sen revansh jangi uchun 100 million dollarni kafolatlay olmas ekansan, u holda o'zingga boshqa raqib top! Sen revansh jangiga arzimaysan. Undan ko'ra, spirtli ichimliklar bilan savdo qiluvchi do'kon ochib, o'sha erda tirikchilik qil. Keyin senga maslahat, ijtimoiy tarmoqlarda kamroq o'tir. Ovozingni o'chir-da, yo'lingda davom et!”, - dedi Abdul-Aziz.
Havola :
Fikrlar