22 fev 17:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Xalil Rauntri ayni paytdagi eng yaxshi UFC chempionini aytdi
Yarim og'ir vazn toifasida amerikalik UFC jangchisi Xalil Rauntri shu mazmunda berilgan savolga o'z fikrini bildirdi.
Xalil o'rta divizion chempioni Xamzat CHimaevni eng kuchli chempion deb bilishini aytdi..
"Xamzat ajoyib etakchilik fazilatlarini namoyish etmoqda. U shunchaki chempion emas, balki masuliyatni o'z zimmasiga oladigan sportchi. CHempion bo'lish, ko'p gapirish, xohlagancha pul sarflash mumkin, lekin Xamzatdagi men hurmat qiladigan bir jihat - uning etakchilik qobiliyati. Fikrimcha, bizning davrimizda u eng yaxshi chempion. Uning ishi juda yaxshi ketyapti. Aynan shu narsa uni boshqalardan ajratib, farqlab turadi", - dedi amerikalik sportchi JAXXON PODCAST YouTube kanalida bergan intervyusida.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar