02 may 16:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Xalimjon Mamasoliev prof boksdagi navbatdagi jangida tajribali rus bokschisidan ustun keldi
Rossiya Federaciyasining Kaliningrad shahrida Rossiya terma jamoasi va dunyoning turli nuqtalaridan kelgan og'ir vaznli bokschilar ishtirokida xalqaro turnir o'tkazildi.
Musobaqada hamyurtimiz Xalimjon Mamasoliev ham ringga ko'tarildi. Unga 6 raundlik bellashuvda Rossiya vakili Andrey Stockiy raqiblik qildi. Jang to'liq davom etib, yakunda Mamasoliev hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchdi.
Bu Xalimjonning prof boksdagi sakkizinchi jangida qo'lga kiritgan sakkizinchi g'alabasi bo'ldi. Andrey Stockic esa sakkizinchi jangida ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar