09 apr 13:42
Yangiliklar
Gimnastika
Xalqaro gimnastika federaciyasi prezidenti Morinari Vatanabe Toshkentga keldi
10-12-aprel kunlari Toshkent badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi.
Bugun tongda ushbu musobaqaning faxriy mehmoni, Xalqaro gimnastika federaciyasi Prezidenti Morinari Vatanabe Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga etib keldi.
Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati kutib oldi.



Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar