So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

03 jan 10:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasi beshta yangi qo'mitaga asos soldi

Teglar :  BoksAIBA
Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasi (AIBA) tashkilotda beshta yangi qo'mita tashkil etilganligini elon qildi.

Associaciyada trenerlarning yangi qo'mitasi faoliyat yuritadi. Bu qo'mita malakali murabbiylar kadrlarini tayyorlash masalalarini hal etadi va sportchilarni musobaqalarga tayyorlash uslubiyatlarini ishlab chiqadi.

Bundan tashqari quyidagi yangi qo'mitalarga asos solindi:

– chempionlar va trenerlar qo'mitasi. Uning tarkibiga jahon hamjamiyati tomonidan hurmatga sazovor boks fahriylari va sportda yuqori natijalarga erishgan, o'z tajribasi bilan o'rtoqlashishga tayyor bo'lgan mashhur chempionlar kiradi;

– musobaqalar bo'yicha qo'mita. U AIBA turnirlarini o'tkazishga rahbarlik qiladi hamda ushbu musobaqalarning barcha xalqaro talablarga muvofiq bo'lishini kafolatlaydi;

– xotin-qizlar qo'mitasi. Ushbu qo'mita jahon boksida gender tengligini taminlashga davat etadi;

– tibbiyot va dopingga qarshi qo'mita. Uning vazifasi sportchilarning barcha tibbiyot hamda dopingga qarshi qonunchilik talablariga amal qilishlarini taminlashdan iboratdir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing