So’nggi yangiliklar

18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0

08 fev 13:40
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari

Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax Umid Ahmadjonov taklifiga ko'ra Toshkentga keladi

Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax MOQ prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifiga ko'ra, poytaxt Toshkentga tashrif buyuradi.

Qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pxyonchxanda bo'lib turgan Ahmadjonov XOQ prezidenti bilan ko'rishdi. Uchrashuv davomida tomonlar yangi bosqichga ko'tarilayotgan O'zbekistondagi olimpiya harakatini rivojlantirish masalalari yuzasidan o'zaro fikr almashish borasida kelishib oldi. 

Tomas Baxning Toshkentga tashrifidan ko'zlangan asosiy maqsad - MOQ va XOQ o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat bo'ladi. Bungacha Bax 2015 yil O'zbekistonga kelgan bo'lib, mamlakat sporti haqida tasavvurga ega bo'lgandi. 

Biroq o'tgan ikki yil davomida O'zbekiston sportida katta o'zgarishlar boshlandi. Xususan, O'zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev mamlakat sportni tubdan isloh qilish masalasini kun tartibiga qo'ydi. Orada O'zbekiston futbol federaciyasi va Milliy olimpiya qo'mitasida rahbariyat almashdi. 

Umid Ahmadjonov MOQ prezidenti etib saylangach, Tomas Bax birinchilardan bo'lib tabrik maktubi yo'llagandi. Endi martabali mehmonda yangi bosqichga chiqayotgan O'zbekiston sporti borasidagi tasavvurlarni yanada boyitish uchun amaliy imkoniyat bo'ladi. 

MOQ faoliyati ham O'FA singari zamonaviy talablar asosida tashkil etiladi. Ayni vaqtda futbol mutaxassislari, hakamlari va murabbiylari Ispaniya, Angliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar kabi rivojlangan mamlakatlarda ish tajribasini o'rganayotgan bo'lsa, kelgusida qolgan sport turlari mutaxassislarining faoliyatiga ko'maklashish maqsadida, ular ham ish o'rganish uchun rivojlangan xorij mamlakatlariga yuboriladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing