So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

21 dek 17:14
Yangiliklar

Velosport

Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi Prezidenti boshchiligidagi delegaciya Milliy olimpiya qo'mitasida mehmon bo'ldi

Teglar :  Velosport
Bugun Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqi (UCI) Prezidenti David Laparte boshchiligidagi delegaciya Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi.

Toshkentga uyushtirlgan safari davomida Lapartega Osiyo velosport Konfederaciyasi Prezidenti Usama Ahmad Abdulloh al SHafar hamrohlik qilmoqda.  

Delegaciya tarkibidan shuningdek, UCI Xalqaro munosabatlar bo'limi boshlig'i Guillame Majorie, UCIning shosse velosporti bo'yicha komissiyasi azosi, Evropa velosipedchilar Ittifoqi vice-prezidenti Aleksandr Gusyatnikov, UCIning xalqaro munosabatlar bo'limi mutaxassisi, Ozarbayjon velosport federaciyasi Bosh kotibi Farxod Aliev, Qozog'iston velosport federaciyasi Bosh kotibi Tulpar Mansurov, ushbu federaciya vice-prezidenti, “Astana” Prezident sport klubi ijrochi direktori Amanbek Kulchikovlar joy olishgandi.

Mehmonlarni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov kutib oldi. SHundan so'ng qo'mitaning muzokaralar zalida tomonlar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Alisher Sultanov, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov, shuningdek, Oybek Kasimov va O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Kozim O'rinboyxo'jaev ishtirok etishdi.


A.Sultanov mehmonlarni qutlar ekan, velosport O'zbekistonda eng ommaviy sport turlaridan biri ekanligiga alohida urg'u berib o'tdi. Milliy olimpiya qo'mitasi Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi bilan aloqalarni mustahkamlash, o'zaro manfaatli hamkorlik rishtalarini rivojlantirishga har tomonlama tayyor ekanligini takidlab o'tdi. Velosport aholini ommaviy tarzda sportga jalb etish masalasida juda qulay va samarali vosita ekanligini bildirdi.

O'z navbatida D.Laparte samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor qilar ekan, milliy federaciyalar bilan aloqalarni mustahkamlash Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi uchun ham juda muhim ahamiyat kasb etishini takidlab o'tdi. Bu borada velosportning barcha yo'nalishlarida O'zbekiston bilan hamkorlik qilishga va mamlakatimizda sportning ushbu turini yanada ommalashtirish va rivojlantirish maslalarida yordam berishga tayyorligini izhor qildi.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi R.Qurbonov esa O'zbekistonda sportga davlat siyosati darajasida etibor qaratilishi, mamlakatimiz ajoyib sport infratuzilmasiga ega ekanligi va yurtimizda nufuzli xalqaro musobaqalarni o'tkazish uchun barcha sharoitlar borligi xususida gapirdi. 

Uchrashuv davomida O'zbekistonda velosport turini yanada rivojlantirish maqsadida 2018 yilda Toshkent velotrekida Osiyo kubogi, 2019 yilda esa shosse yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionatini o'tkazish masalalari muhokama qilindi. SHuningdek, Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi va O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi o'rtasida hamkorlik doirasini kengaytirish masalasi ko'rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida A.Sultanov mehmonlarga esdalik sovg'alarini topshirdi. David Laparte esa iliq qabul uchun minnatorchilik izhor etar ekan, martabali mehmonlarning tashrif kitobiga o'zining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi. 


Qayd etish kerak,  David Lapartening yurtimizga tashrifi O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi va Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi o'rtasida  hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizda sportning ushbu turini yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing