So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

20 apr 16:50
Yangiliklar

Velosport

Xalqaro velosipedchilar ittifoqi sport departamenti direktori Milliy olimpiya qo'mitasida mehmon bo'ldi

Teglar :  Velosport
Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov xalqaro velosipedchilar ittifoqining sport departamenti direktori Fredrik Magne bilan uchrashuv o'tkazdi.

Bundan ko'zlangan maqsad – Xalqaro velosipedchilar ittifoqi va O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, murabbiylar malakasini oshirish, sportchilarning tayyorgarlik ko'rish jarayonlari kabi masalalar bo'yicha o'zaro fikr almashishdan iborat edi.

Muzokara davomida shuningdek, O'zbekistonda velosportini yanada ommalashtirish, terma jamoalarga iqtidorli sportchilarni saralash, ularni musobaqalarga tayyorlash uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratish, xalqaro velosipedchilar ittifoqi va O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi o'rtasidagi qo'shma loyihalarni ko'paytirish borasida so'z bordi.

Avval xabar berib o'tganimizdek, 2019 yilning mart oyida O'zbekistonda velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha ilk marotaba kattalar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati («2019 Asian Road Para & Cycling Championships») bo'lib o'tadi. Bugungi uchrashuvda tomonlar qita chempionati uchun xalqaro talab va standartlarga javob beradigan infratuzilmani yaratish bo'yicha ham o'zaro fikr almashdilar. MOQ Bosh kotibi ayni paytda Toshkentda velotrek qurilishi jarayoni jadal suratlarda davom etayotganligi, u jahon standarti asosida bunyod etilayotganini malum qildi.

SHuningdek, Toshkent viloyatida velodrom qurilishi bo'yicha amaliy yordam, Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan “BMX” hamda “Mauntinbayk” yo'nalishlarida ishtirok etadigan sportchi va murabbiylarning tajribasini oshirish bo'yicha masala ham ko'rib chiqildi. Malumot uchun, poytaxt viloyatida qurilayotgan ushbu velosport majmuasi Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) va Osiyo velosport konfederaciyasi (ACC) ko'magida barpo etilmoqda.

Yana bir quvonchli xabar: Endi o'zbekistonlik istedodli sportchilar SHveycariyadagi xalqaro velosportchilar tayyorlash markazida o'z mahoratlarini oshirishlari mumkin bo'ladi. Ushbu hamkorlikning dastlabki bosqichida ikki nafar hamyurtimiz u erda o'z malakasini oshirib qaytadi.

Uchrashuv yakunida Jasur Matchanov ananaga ko'ra martabali mehmonga Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan esdalik sovg'alari topshirdi.


O'z navbatida janob Fredrik Magne Xalqaro velosipedchilar ittifoqi prezidenti David Laparten nomidan MOQ Bosh kotibiga sovg'a ulashdi.


Takidlash lozimki, uchrashuv mamlakatimiz rahbarining 2017 yil 9 mart kuni imzolagan «O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida»gi qarori ijrosini taminlash yo'lida navbatdagi qadamlardan biri bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing