06 apr 17:12
Yangiliklar
Boks/MMA

"Xamzat biz ko'rgan raqiblar ichida eng kuchlisi"
Ikki karra sobiq UFC chempioni Daniel Korme yarim o'rta vazn toifasidagi shveciyalik jangchi Xamzat CHimaevni -77 kg vazndagi jangchilar uchun asosiy muammo ekanligini aytdi.
SHuningdek, UFC sharhlovchisi shveciyalik jangchini Gilbert Byorns ustidan g'alabaga qozonishiga hali ham ishonchi komil emasligini takidladi.
"Xamzat CHimaev biz ko'rgan eng qo'rqinchli raqib. Lekin, o'zingizdan so'ramoqchiman - uning g'alabasiga ishonasizmi? U ustunlik qilolmasligi mumkin. Uning Gilbert Bernsni mag'lub etishiga ishonasizmi?
Ikki karra favoritmi yoki olti karrami, buni farqi yo'q. Ko'pchilik uning g'alabasiga ishonmoqda.
U Kamaru Usmanni ham nokautga uchratishini aytmoqda. Albatta, bu unga jiddiy sinov bo'ladi", - dedi Korme.
Eslatib o'tamiz, CHimaev va Berns o'rtasidagi jang 10 aprel kuni UFC 273 turnirida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar