01 iyu 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev Ali Abdel-Aziz bilan hamkorlikni to'xtatdi
SHveciyalik UFC jangchisi Xamzat CHimaev taniqli menejer Ali Abdel-Aziz bilan hamkorlikni tugatdi.
Bu haqida CHimaevning jamoasidagi manbaa xabar berdi.
"Xamzat Ali Abdel-Aziz bilan aloqani uzdi. Bu ikki tomonning roziligi bilan amalga oshdi. Tomonlar o'zaro xurmat ko'rsatishdi. Endi Xamzat CHimaevning menejeri Maxdi SHammas hisoblanadi", - deydi manbaa.
Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev MMAda to'qqiz jang o'tkazgan. UFCda esa uch jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar