22 okt 08:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev chempion bo'lib turgan vazn reytingida jiddiy o'zgarishlar bo'ldi
UFC tashkiloti Vankuverdagi (Kanada) turnirdan keyin reytingda yangilanishlarni amalga oshirdi.
Xususan, eng ko'p o'zgarish o'rta vazn toifasida sodir bo'ldi.
So'nggi jangini avgust oyida o'tkazgan bo'lsa-da, amerikalik Entoni Ernandes ikki pog'ona yuqorilab, to'rtinchi o'ringa joylashdi. Vankuverdagi turnirning markaziy jangida niderlandiyalik Rene de Ridderdan ustun kelgan AQSH vakili Brendon Allen esa to'rtta o'ringa ko'tarilib, beshinchi pog'onani egalladi. Jared Kannonir ham bir pog'ona yuqoriladi.
Israel Adesanya va Robert Uittaker bittadan, Rene de Ridder esa to'rtta o'ringa quyiladi.
O'rta vazn reytingidagi barcha o'zgarishlar:
Havola :
Manba : ufc.ru
Fikrlar