20 fev 16:04
Yangiliklar
Xamzat CHimaev Darren Tillga kurash sirlarini o'rgatmoqda
Bir paytlar engil vazn toifasida UFC chempionligiga davogarlik qilgan Darren Till Xamzat CHimaevning taklifidan unumli foydalandi. U chechenistonlik jangchi bilan mashg'ulot o'tkazish uchun SHveciyaning "Allstars" klubiga etib keldi.
Ijtimoiy tarmoqlarga mashg'ulot jarayonidan parchalar, shuningdek, jangchilarning suratlari joylandi.
Darren Till o'zining so'nggi jangini o'tgan yilning sentyabrida Derek Bransonga qarshi o'tkazib, bo'g'ish usuli bilan raqibiga mag'lub bo'lgandi. SHundan so'ng CHimaev britaniyalikka ochiqchasiga murojaat qildi va unga kurash sirlarini o'rganishda yordam berishga vada berdi.
Ayni paytda Till xech qanday jangga tayyorgarlik ko'rmayapti. CHimaev esa UFC yarim o'rta vazn toifasida ikkinchi o'rinni band etib turgan Gilbert Berns bilan jangga tayyorlanmoqda.
Fikrlar