09 apr 10:31
Yangiliklar

Xamzat CHimaev faoliyatidagi eng qiyin raqib kim bo'lganini aytdi
"Ikram Aliskerov bilan "Brave"da jang qilganmiz. U yaxshi yigit va UFC'da jang qilishi kerak edi. Adashmasam, menga mag'lub bo'lganidan so'ng u beshta jangda g'alaba qozondi. Bu yigit haqiqatdan ham yaxshi jangchi edi" - dedi shveciyalik jangchi jurnalistlar bilan bo'lgan suhbatda.
Xamzat CHimaev va Ikram Aliskerov o'rtasidagi jang 2019 yilning aprel oyida Iordaniyadagi "Brave CF" turnirida bo'lib o'tgan va birinchi raunddayoq CHimaevning nokauti bilan yakunlangandi.
CHimaevga mag'lub bo'lganidan so'ng, 29 yoshli rossiyalik to'rtta jangda g'alaba qozongan. SHundan uchtasini "Brave" bayrog'i ostida qo'lga kiritgan. So'nggi to'rtinchi g'alabasiga Mayamidagi Eagle FC 46 turnirida sobiq UFC va Bellator Na-SHonni mag'lub etgan holda erishgan.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Xamzat CHimaev 10 aprel kuni Jeksonvilda bo'lib o'tadigan UFC 273 turnirida oktagonga qo'tariladi. Unga yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Gilbert Berns raqiblik qiladi.
Fikrlar