17 fev 17:07
Yangiliklar

Xamzat CHimaev Gilbert Byornsdan so'ng kim bilan jang qilmoqchi ekanligini aytdi
"Byornsni mag'lub etib, Kovington-Masvidal jangi g'olibi bilan jang qilaman, chunki Kamaru Usmanning qo'lida jarohati bor. Umid qilamanki, u tez tiklanadi - u bilan jang qilishni xohlayman.
Biz va Kovington-Masvidal juftligi g'olibi davogarlik jangini o'tkazishi mumkin yoki vaqtinchalik kamar uchun kurashishi mumkin. Usman tuzalganidan so'ng, u bilan jang qilamiz. Bu ajoyib bo'ladi", - deya takidlab o'tgan CHimaev.
Bundan tashqari, chechenistonlik jangchi ehtimoliy raqiblarining jangi bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'ylashimcha, ular yaxshi jang o'tkazadi. Menimcha, kichik farq bilan Masvidal favorit bo'ladi, lekin Kolbi ham yaxshi jangchi. Ko'ramiz - jangda hamma narsa bo'lishi mumkin. Imkoniyatlar - 50ga 50".
Eslatib o'tamiz, CHimaev-Byorns jangi hali rasman elon qilinmadi, jang 9 aprel sanasida Jeksonvilda bo'lib o'tadigan UFC 273 turniri doirasida o'tishi taxmin qilinmoqda.
Fikrlar