19 fev 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev Kormega javob qaytardi
Xamzat CHimaev ikki vaznda sobiq UFC chempioni Daniel Kormening o'zi haqida aytilgan, o'rta vazn chempioni Israel Adesanya bilan jangda muammoga yo'liqishi haqidagi gapga javob qaytardi.
"Daniel, sen va jamoang uchun bu muammo bo'lishi mumkin, lekin men uchun emas. Agar sen u menga muammo tug'dira oladi deb o'ylasang, buni sinab ko'r. Bilasanmi, nega sendan kuchliroqman? CHunki, men sendek emasman. Men boshqachaman", - deya yozgan CHimaev Tvitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Xamzat so'nggi jangini UFC 267 turniri doirasida xitoylik Li Jianlianga qarshi o'tkazgan va birinchi raundning to'rtinchi daqiqasida bo'g'ish usuli bilan raqibini mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : MMAJunkie
Fikrlar