30 noy 15:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev koronavirusga chalindi
Asli kelib chiqishi chechenistonlik, hozirda SHveciya sharafini himoya qilayotgan Xamzat CHimaevda koronavirus aniqlandi.
Bu haqida SHveciyaning Kimura.se nashri xabar berdi. CHimaev UFC`da yarimo'rta va o'rta vazn toifalarida o'z janglarini o'tkazib kelmoqda. Xamzatning murabbiylari bu holat uning Leon Edvardsga qarshi kechadigan jangga tayyorgarlik ko'rishi uchun to'sqinlik qilmasligini aytishmoqda.
Malumot uchun, Xamzat CHimaev - Leon Edvards jangi 19 dekabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Ushbu jang 2020 yilning so'nggi UFC turniri bo'lib, UFC Vegas 17 oqshomining markaziy to'qnashuvi bo'ladi.
Havola :
Fikrlar