12 iyu 13:31
Yangiliklar
Xamzat CHimaev: "Maqsadim - RAF chempioni bo'lish!"
BAA sharafini himoya qilayotgan chechenistonlik aralash yakkakurash ustasi oktagon tashqarisida ham o'z oldiga eng yuksak maqsadlarni qo'ymoqda.
"Qaerga borsam ham, eng yaxshisi bo'lishni xohlayman - shuning uchun RAF chempioni bo'lishni istayman. Bu chempionlik kamari ham menga kerak. Kurash bilan shug'ullanmaganimga ancha vaqt bo'ldi, lekin men sport zalida kurash mahoratim ustida tinimsiz ishladim va ularni RAFning katta shousida namoyish etishga, o'sha yigit hali ham shu erda ekanligini hammaga ko'rsatishga tayyorman. Men astoydil tayyorgarlik ko'rdim, katta mehnat qildim va kurash gilamiga chiqishimdan xursandman", - dedi "Borz" RAFga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, bir oy avval Xamzat CHimaev o'rta vazn toifasida UFC chempionlik kamarini SHon Striklendga hakamlarning ayri qarori bilan boy bergandi. Uning Dillon Denis bilan jangi esa 14 iyun kuni tong saharda Sent-Luisda bo'lib o'tadigan RAF 10 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.

Fikrlar