07 apr 16:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev onasiga faoliyatini tugatish haqida vada bergan
Xamzat CHimaev karerasini qachon yakunlaydi?
UFC jangchisi Hamzat CHimaev vazn toifasidan qati nazar, dunyoning eng yaxshi jangchilari reytingida etakchiga aylanganidan so'ng, Xabib Nurmagomedov yo'lidan borishni va professional faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda.
"Onam har bir g'alaba qozongan jangimdan keyin meni chempion bo'ladi deb o'ylaydi. Men unga haqiqiy chempion bo'lishim bilanoq faoliyatimni tugatishga vada bergandim. SHunday qilib, mening maqsadim - dunyodagi birinchi raqamli P4P bo'lish va keyin men nafaqaga chiqaman", - dedi CHimaev.
Avvalroq, Xamzat tashkilot tarixidagi uchta vazn toifasida chempionlikni qo'lga kiritgan birinchi jangchi bo'lishni kutayotganini bir necha bor aytgan edi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar