12 mar 09:41
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Xamzat CHimaev o'zi to'qnash kelgan eng kuchli raqib kim ekanini aytdi
O'rta vazn toifasidagi MMA jangchisi, BAA vakili Xamzat CHimaev faoliyatidagi eng kuchli raqibini aytdi.
			"Menimcha, Kamaru Usman. U kurashimga qarshi o'zini juda yaxshi himoya qilgandi, bu boradagi mahorati ham yaxshi. Kamaru grepplingdan ham o'zini yaxshi himoya qilgandi. U menga bo'ynini bermadi. Men uni besh daqiqa davomida bo'g'moqchi bo'lgandim, biroq Kamaru o'zini juda yaxshi himoya qilgandi o'shanda", deya CHimaevning so'zlaridan iqtibos keltiradi Red Corner nashri.
Eslatib o'tamiz, CHimaev va Usman o'rtasidagi jang 2023 yilning oktyabr oyida bo'lib o'tgan va o'sha jangda Xamzat ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
            Havola            :         
                    Manba                : championat.com
             
			
Fikrlar