08 may 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Xamzat CHimaev RAF turnirida Kayl Snayderga qarshi kurash ehtimolini baholadi
UFC chempioni Xamzat CHimaev Real American Freestyle (RAF) tashkilotida Olimpiya chempioni, amerikalik Kayl Snayder bilan kurash tushish imkoniyati haqida fikr bildirdi.
"Agar gonorar yaxshi bo'lsa, albatta… Agar unday bo'lmasa, bu kabi bahsni qabul qilmayman. Agar Olimpiya chempioni bilan kurashmoqchi bo'lsam, BAA uchun Olimpiadaga borishim kerak. Bu ham imkoniyatlardan biri", — dedi CHimaev matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar