19 apr 10:54
Yangiliklar
Xamzat CHimaev shartnoma imzoladi + POSTER
O'rta vazn toifasida UFC chempioni may oyida amerikalik SHon Striklendga qarshi jangda chempionlik kamarini himoya qilganidan keyin Real American Freestyle professional kurashchilar Ligasida debyut qiladi. Promoushen Xamzat bilan shartnoma imzolanganini bugun Filadelfiyada o'tkazilgan RAF 8 turnirida rasman elon qildi.
Erkin kurash Xamzat uchun begona emas. U aralash yakkakurashdagi faoliyatini boshlashdan oldin bir necha bor SHveciyada erkin kurash bo'yicha o'tkazilgan mamlakat chempionatida g'olib chiqqan. 31 yoshli CHimaev MMAdagi faoliyatida 15 ta jangdan iborat g'alabali seriyani davom ettirmoqda. Oxirgi jangida u janubiy afrikalik Drikus Dyu Plessini mag'lub etib, UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
Xamzat CHimaev va SHon Striklend o'rtasidagi chempionlik jangi 9 may kuni Nyuarkda bo'lib o'tadigan UFC 328 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.

Fikrlar