11 may 09:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Xamzat CHimaev SHon Striklend bilan revanshga ishora qildi
O'z kamarini SHon Striklendga boy bergan o'rta vazndagi sobiq UFC chempioni Xamzat CHimaev ijtimoiy tarmoqda amerikalik bilan revansh jangini o'tkazish istagi sifatida talqin qilinishi mumkin bo'lgan xabar joylashtirdi.
"Tez orada yana ko'rishamiz, SHon Striklend!", - deb yozdi CHimaev.
Eslatib o'tamiz, Striklend CHimaevni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub etib, yangi chempionga aylangandi. CHechen aralash yakkakurash ustasi jangda mutlaq favorit hisoblansa-da, yakunda mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi.
Avvalroq, UFC rahbari Dana Uayt Xamzat CHimaev yarim og'ir vazn toifasiga o'tishni rejalashtirayotganini malum qilgandi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar