13 fev 12:37
Yangiliklar
Xamzat CHimaev UFC 300 turnirining markaziy jangida oktagonga chiqishi mumkin
Malumotlarga qaraganda, bu holat ushbu jangga asosiy davogarlardan biri Xamzat CHimaevning hali hamon AQSH vizasini ololmayotgani bilan bog'liq ekan. Bu haqda "MMA soati" ko'rsatuvida taniqli sport sharhlovchisi Ariel Xelvani xabar berdi. Uning aytishicha, "Borz"ning raqibi yarimo'rta vaznda amaldagi UFC chempioni Leon Edvards bo'ladi.
"Bilishimcha, UFC ko'rib chiqayotgan asosiy jang bu Xamzat CHimaev - Leon Edvards to'qnashuvi. Dana Uayt o'z intervyularida bunga bir necha bor ishora qildi. Xamzat so'nggi bor ikki yil oldin AQSHda jang qilgandi", - deydi Xelvani.
Eslatib o'tamiz, ikki oy oldin Leon Edvards o'zining ikkinchi chempionlik himoya jangini muvaffaqiyatli o'tkazgandi. O'shanda u Las-Vegasda o'tgan UFC 296 turnirida Kolbi Kovingtonni besh raund jang yakunlariga ko'ra hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar