12 may 12:23
Yangiliklar
Xamzat CHimaev UFC o'rta divizionida qoladi
BAA sharafini himoya qilayotgan chechen SHon Striklend bilan revansh uchun o'rta vazn toifasidan ketmaslikka qaror qildi. U zudlik bilan revansh jangida chempionlik kamarini qaytarib olmoqchi ekanini yashirmayapti. Bu haqda "Borz" ijtimoiy tarmoqda amerikalikka murojaat yo'lladi.
"Tayyor bo'lganingda xabar ber, SHon Striklend!", deb yozdi sobiq chempion.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yakshanba kuni CHimaev Nyuarkdagi UFC 328 turnirining asosiy jangida SHon Striklendga ochkolar hisobiga ko'ra ham yutqazib, chempionlik kamaridan mahrum bo'lgan edi. Tashkilot rahbari Dana Uayt esa jangdan keyingi matbuot anjumanida sobiq chempion o'z faoliyatini yarim og'ir vaznda davom ettirishini aytgandi.
SHu bilan birga, CHimaev lageridan muvaffaqiyatli chiqishga to'sqinlik qilgan bazi sog'liq muammolari haqida malumot kelib tushdi. UFC sharhlovchisi Jo Rogan "Borz"ning yomon jismoniy holati liganing unga yarim og'ir vazn toifasida chempionlik jangini o'tkazish bo'yicha amalga oshmagan rejasi bilan bog'liq ekanligini taxmin qildi.

Fikrlar