06 apr 11:35
Yangiliklar
Xamzat CHimaev UFC rahbariga antiqa taklif bilan chiqdi
BAA sharafini himoya qilayotgan CHimaev navbatdagi jangini o'rta vaznda sobiq UFC chempioni avstraliyalik Robert Uittakerga qarshi o'tkazadi. Xamzat aynan shu jangni 10 raund etib belgilashlarini so'ramoqda.
"10 raund, ketdik! Tarixda ilk bor! Dana Uayt, kel bu ishni amalga oshiramiz", — dedi CHimaev o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev 13 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. U hali mag'lubiyatga uchramagan. Janglarining 7 tasini UFC banneri ostida o'tkazgan. So'nggi jangini UFC 294 turniri doirasida yarimo'rta vaznda sobiq UFC chempioni Kamaru Usmanga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi. Xamzat 22 iyun kuni Ar-Riyod shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night turnirida oktagonga chiqadi.
Fikrlar