So’nggi yangiliklar

23:13Волкановски ва Мовсар Евлоевнинг гонорарлари маълум 0 22:38UFC 337 турнирининг асосий жанги айтилди 0 21:46Карлос Пратес: "Махачевнинг меросига чек қўяман" 0 20:50UFC Сидней турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 20:03Хитойда Мбаппе билан боғлиқ можаро сабабли Ла Лига ўйинлари трансляция қилинмайди 0 19:29Пëтр Ян UFC`нинг энг яхши уч жангчиси қаторига кирди 0 18:43RIZIN чемпиони Ражабали Шайдуллаев Волкановски билан жанг қилиш ниятида 0 18:11Хамзат Чимаев Шон Стриклендни исталган вазнда жангга чорламоқда 0 17:33"Ливерпуль" МЮнинг трансфер мақсадини илиб кетиши мумкин 0 16:46Дзюдочиларимиз Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги рақибларини билиб олишди 0 16:02Маҳмуд Мурадов Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди + ФОТО 0 15:17Двалишвили мағлубиятдан сўнг: "Бу машинани тўхтатиб бўлмайди" 0 14:40ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Қувайт клубини қабул қилади 0 13:56Манба: UFC 2027 йилда Россияда турнир ўтказиши мумкин 0 13:15Бугун оғир атлетикачиларимизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштироки бошланади 0

13 sen 16:21
Yangiliklar

Boks/MMA

Xamzat CHimaev UFC`dagi rejalari haqida gapirdi: jang yoki operaciya

Teglar :  Xamzat CHimaev RAF
UFC`ning o'rta vazn toifasidagi sobiq chempioni Xamzat CHimaev yaqin rejalari bilan o'rtoqlashdi.

BAA sharafini himoya qilayotgan chechen joriy yil oxirigacha oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda. Biroq, agar tashkilot matchmeykerlari unga raqib topa olishmasa, u jarohatlarini davolatish uchun tanaffus oladi.

"Vaziyat biroz g'alati. Menga qo'ng'iroq qilishmayapti, hech narsa deyishmayapti. Men ularga Abu-Dabida jang qilmoqchi ekanligimni aytdim – kamar uchun so'ramadim, chunki Striklend u erga kelmasligini bilardim. Men shunchaki u tiklanishini bir yoki ikki yil kutishni istamasligimni aytdim. Men buni aytishim bilan, ular darrov Imavovga kamar uchun jang berishdi. SHunday deyishmoqda, lekin bu rasmiymi yoki yo'q, aniq bilmayman. Agar shunday bo'lsa, shunchaki menga kimdir bilan jang qilishga imkon beringlar, pul ishlab olay va kamarni tezroq qaytarib olay.

Men jang olishga harakat qilyapman. Oktyabrda harakat qildim, dekabrda ham harakat qilyapman. Agar dekabrda hech narsa bo'lmasa, tanaffus olaman. Jarohatlarim ko'p – ularni davolash kerak. Aks holda, operaciyalarni ortga surib, har bir jangimga qandaydir muammolar bilan chiqyapman. O'z muammolarim, jarohatlarim haqida gapirishni unchalik yoqtirmayman, lekin odamlar tez-tez kasal bo'lishimni bilishadi. Qalqonsimon bezimning yarmi yo'q, etti marta narkoz olganman, oltita operaciyani boshdan kechirganman. Jarohatlar ko'p. Alloh taolo menga shunday taqdir yozgan bo'lsa kerak", – dedi rossiyalik jangchi Adam Zubaraevga bergan intervyusida.

Bir hafta oldin Xamzat CHimaev Moskvada bo'lib o'tgan RAF professional kurash ligasi turnirida navbatdagi muddatidan avvalgi g'alabasini qo'lga kiritdi. U tadbirning asosiy jangida UFC`ning yarim o'rta vazndagi sobiq chempioni Tayron Vudlini bir yarim daqiqa ichida mag'lub etgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing