08 apr 05:40
Yangiliklar
![](/upload/storage/213680_220.jpg)
Xamzat CHimaev: "Uzog'i bir daqiqada nokaut - bunga vada beraman"
Ko'pchilikning diqqatini o'ziga tortayotgan asli chechenistonlik 27 yoshli Xamzat CHimaev hamda braziliyalik Gilbert Byorns ishtirokidagi matbuot anjumani kutilganidek dahanaki so'z o'yiniga aylanib ketdi.
"Men bu yigitni yo'q qilaman. Uzog'i bir daqiqa, balki undan ham kam vaqt ichida nokaut tomosha qilasiz. Men bunga vada beraman. U juda ham mayda bolakay va uni qo'rquv o'rab olgan. Berns bu vaznga to'g'ri kelmaydi. Engilroq vaznlarga o'tib, o'sha divizionda o'zi tengilar bilan jang qilsin. Men uni o'ldiraman. Men uni nima qilmoqchi ekaniga tupurib qo'yganman. Hokimiyat mening qo'limda. Agar jang "stoyka"da davom etsa, uni nokaut qilaman. Parterga ko'cha, u holda basharasini eng yaqin insonlari ham taniy olmaydigan darajaga keltirib qo'yaman", — deya CHimaevning so'zlarini keltirmoqda MMAFighting.
Eslatib o'tamiz, CHimaev - Berns jangi bizning vaqt bilan yakshanba tongida AQSHda bo'lib o'tadi.
Fikrlar