04 jan 15:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev va Kamaru Usmanni solishtirishdi
Sobiq UFC hakami Jon Makkarti yarim o'rta vazn chempioni Kamaru Usman haqida gapirib, uni umidli jangchi Xamzat CHimaevga qiyosladi.
"Men CHimaevni kuzatdim, uning aniq zarbasi bor. Menimcha, Kamaru Usman ko'proq tug'ma kuchga ega. Mening fikrimga kelsak, CHimaevning zarba texnikasi juda aniq, Usman ham yanada kuchayib bormoqda, hozirda u kuchliroq.
Bu go'yo Siril Ganning Frensis Ngannuga qarshi jang qilishiga o'xshaydi. Kurashga kelsak, Usmon butun umr shu bilan shug'ullangan. Ishonchim komilki, uning teykdaunlardan himoyasi 100 foizlik, hech kim uni hech qachon ko'tarib ura olmagan.
CHimaev buni amalga oshirishga harakat qiladigan yagona jangchi bo'ladi", — dedi Makkarti.
Diyor Mavlonov tayyorladi
Havola :
Manba : SportsKeeda
Fikrlar