So’nggi yangiliklar

19:51Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди 0 19:30ЖЧ-2025: Тўрабек Хабибуллаев Ўзбекистонга тўртинчи олтин медални тақдим этди! 0 19:12Жавоҳир Умматалиев фаолиятидаги илк Жаҳон чемпионатида олтин медалга эга чиқди! 0 18:42Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси 14 та медал билан Осиё чемпионатини 1-ўринда якунлади 0 18:20Асадхўжа Мўйдинхўжаев — икки карра Жаҳон чемпиони! 0 18:00"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти 0 17:39Шаҳрам Ғиёсов Муроджон Аҳмадалиевни қўллаб-қувватлади (ФОТО) 0 17:18Боксчиларимиз иштирокидаги Жаҳон чемпионати финалларидан ОНЛАЙН 0 17:03Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэга қарши мутлақ чемпионлик жанги тўлиқ давом этди 0 16:06"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин 0 15:45"Дэвис кубоги". Терма жамоамиз биргина теннисчиси ATP рейтингининг юқорироқ поғонасидан жой олган Гонгконгга ҳам мағлуб бўлди 0 15:14Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэга қарши! Ҳамюртимизнинг жангигача бўлган барча баҳслар ниҳоясига етди, натижалар қандай? 0 14:45Исроил Мадримов Теренс Кроуфордни бугунги ғалаба билан табриклади 0 14:24"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди 0 14:03Рамазон Темиров UFC допинг назоратидан ўтди (ФОТО) 0

30 jan 19:26
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Xamzat CHimaev va SHavkat Rahmonov chempion, Jons kamaridan ayriladi. 2025 yilda UFC kamarlari taqdiri qanday kechishi mumkin?

2025 yilda UFC promoushenida yanada qiziqarli janglar bo'lishi aniq.

UFC chempionlik kamarini boshi uzra ko'tarishni orzu qilmaydigan jangchi kamdan-kam topiladi. Buni o'tgan yili Merab Dvalishvili uddaladi. Bu yil yana kim buning uddasidan chiqa olarkin? Yangi chempionlarni ko'ramizmi? Keling, tahlil qilib ko'ramiz.


O'ta engil vazn

2023 yilda ko'pchilik Aleks Pantojani tasodifiy chempion deb hisoblagandi. Uning Brendon Moreno ustidan qozongan bahsli g'alabasini tasodif deb hisoblashdi. Ammo Pantoja avval Brendon Royvalga qarshi jangda kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi, keyin esa 2024 yilda Stiv Erceg va Kay Asakurani engib, yana ikki marta titulini himoya qildi.

2025 yilda Pantojani yangi sinovlar kutmoqda. Uning ehtimoliy raqiblari orasida Brendon Royval, Manoel Kape va Brendon Moreno bor. Dastlabki ikkisi 1 mart kuni jang qiladi va bu ehtimolan chempionlik jangi uchun davogarni aniqlashtiradigan to'qnashuv bo'ladi. Katta ehtimol bilan Royval bu jangda favorit. Bu Pantoja yoz faslida yana Royvalga qarshi ringga chiqishini anglatadi. Birinchi jangda Pantoja kurash orqali g'alaba qozongandi. Biroq bugungi kunda Royval yanada kuchaygan, teykdaunlardan himoyasini yaxshilagan va turishda ham ancha mahoratli bo'lib ulgurgan. 



SHuningdek Pantoja aprel oyida reytingdagi to'rtinchi raqamli jangchi Kay Kara-Franc bilan to'qnash kelishi haqida xabarlar tarqala boshladi. 

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, Pantoja kamarni yo'qotish ehtimoli katta deyish mumkin. Kim chempion bo'ladi? Bu unvonga Brendon Royval munosib bo'lishi mumkin. Ko'ramiz. 

Taxmin: Pantoja titulni yo'qotadi, yangi chempion – Brendon Royval.



Eng engil vazn

Sentyabrda chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Merab Dvalishvili darhol jiddiy raqib – Umar Nurmagomedovga duch keldi. Lekin Merab 19 yanvar kungi jangda rossiyalik raqibini ochkolar evaziga mag'lub etdi va kamarini saqlab qoldi.


Endi u kimga qarshi jang qilishi mumkin? Avvalroq Merabning o'zi SHon O'Melli haqida gapirgandek bo'lgandi. Ammo "shugar" hozirgi chempion Dvalishvilini yuta olmasa kerak. SHuningdek Petr Yan varianti ham bor. 

Taxmin: Dvalishvili kamarini saqlab qoladi



Yarim engil vazn

Yarim engil vazn doimo chempionlarining uzoq muddat davomida hukmronlik qilishi bilan ajralib turgan. Ular o'zlarining oldingi chempionlaridan ham buyukroq ekanligini isbotlashga harakat qilishgan. Joze Aldo, Maks Hollouey va Aleks Volkanovski MMA tarixiga o'z nomlarini zarhal harflar bilan yozib ketgan. Iliya Topuriya ham ularning qatorida turib, o'z chempionligi tasodif emasligini ko'rsatmoqda. U kuchli zarba texnikasiga ega, shu bilan birga, kurash asosiga ega jangchi. Bir tomondan, u raqiblarini nokaut qilishga qodir, ikkinchi tomondan esa, uning tezligi va vaqtni to'g'ri his qilish qobiliyati yuqori darajada. SHuning uchun u kamarni ko'p yillar davomida saqlab qolishi mumkin.



Bundan tashqari, u uchun jiddiy tahdid soladigan raqiblar ko'p emas. Topuriya allaqachon Aleks Volkanovskini enggan, Diego Lopes esa xavfli raqib bo'lsa-da, chempionlik uchun jiddiy favorit emas. Topuriyaga tengma-teng jang qila oladigan yagona jangchi – Movsar Evloev, biroq uning ham jiddiy kamchiliklari bor (zarba texnikasi yuqori emas va chidamlilik borasida muammolarga ega).

Topuriya engil vaznga ko'tarilish istagini bildirgan bo'lsa-da, chempionlik kamaridan voz kechmoqchi emas. Demak, u bu yil kamida bir-ikki marta kamarni himoya qilishi mumkin.

Taxmin: Topuriya chempionlik kamarini saqlab qoladi.



Engil vazn

Engil vaznda juda ko'p narsa aniq. Islam Maxachevni engadigan raqib topilmayapti. 

Endi nima bo'ladi? Maxachev bir necha bor yarim o'rta vaznda chempionlik jangida ishtirok etish istagini bildirgan. Agar vaziyat unga mos kelsa, bu jang amalga oshishi mumkin. Balki u Jastin Getji bilan jang qilar? Yarimo'rta vaznda uning do'sti Bilol Muhammad bor. SHuning uchun Bilolga qarshi jang qilmasa kerak. U bir necha kun oldin bergan intervyusida o'rta vazn toifasida jang qilish imkoniyatlari haqida gapirgandi. 

Taxmin: Maxachev chempionlikni saqlab qoladi.



Yarim o'rta vazn


Bilol Muhammad 2023 yil iyul oyida chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Ammo jarohatni bahona qilib, SHavkat Rahmonovga qarshi jangdan bosh tortdi. Biroq u bu jangdan qochib qutula olmaydi. Katta ehtimol bilan, bahor yoki yozning boshlarida ular o'zaro to'qnash keladi. Bu jangda SHavkat Rahmonov favorit bo'ladi.. Garchi u Ien Gerriga qarshi jangda juda ham ajralib turmagan bo'lsa-da, Bilolni mag'lub eta olishi ehtimoli katta. 


Ammo kim g'alaba qozonsa ham, unga oson bo'lmaydi. CHunki ortida ko'plab davogarlar navbat kutib turibdi. Ien Gerri, Jek Della Madalena va Xoakin Bakli kabi jangchilar titul uchun jiddiy tahdid solishi mumkin. Ularning har biri ham Bilol, ham SHavkatdan kamarni tortib olishi ehtimoli bor.

Taxmin: Bilol Muhammad kamarini SHavkat Rahmonovga boy beradi


O'rta vazn

Drikus dyu Plessi bir yil oldin chempion bo'ldi. Fevralda u SHon Striklend bilan revansh o'tkazadi. Birinchi jang natijasini hisobga olsak, u g'alaba qozonish ehtimoli yuqori bo'lgan favorit. Ammo unga katta xavf tug'diradigan raqib bor – Xamzat CHimaev. CHimaevning kurash mahorati ko'plab raqiblari uchun hal qiluvchi omil bo'lgan. Dyu Plessi uchun ham Xamzatni engish oson bo'lmaydi, chunki uning kurashi elita darajasida emas.


Albatta, avval CHimaev titul jangiga yo'l olishi kerak. Lekin agar bu imkoniyatni qo'lga kiritsa, unga Dyu Plessi ham, Striklend ham jiddiy muammo tug'dira olmaydi.

Taxmin: Drikus dyu Plessi titulni yo'qotadi, yangi chempion – Xamzat CHimaev.


Yarim og'ir vazn

Aleks Pereyra ikki yildirki, chempionlik kamarini ushlab turibdi va ko'plab nashrlar talqiniga ko'ra u 2024 yilning eng yaxshi MMA jangchisi hisoblanadi. U mazkur divizionda zerika boshladi. Ushbu vaznda faqatgina bitta ish qoldi - Magomed Ankalaev. 9 mart kuni o'tkaziladigan jangda Magomed ham mag'lub etilsa, keyin bemalol og'ir vaznga ketish mumkin. 

Taxmin: Pereyra chempionlikni saqlab qoladi.




Og'ir vazn

Og'ir vaznda ikki chempion bor: Jon Jons va vaqtinchalik chempion Tom Aspinall. Dana Uayt ular o'rtasida jang tashkil qilishni xohlayapti. Agar jang bo'lsa, bu jangda Tom Aspinall favoritdek ko'rinmoqda. U yoshroq va jismoniy jihatdan kuchliroq. Bu jang o'tkazilsa, Aspinallda g'alaba qozonish imkoniyati bor.


Taxmin: Jon Jons titulni yo'qotadi, Aspinall esa to'liq chempionga aylanadi.

Reyting:    

Fikrlar

   
31 jan 12:53:15
CHELSEA2211
Jon Jons Nakaut bilan yutadi Aspinalni... Keyin faoliyatini tugatsa kerak, Jons...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing