19 fev 07:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Xamzat CHimaev vaqtinchalik titul uchun jang qilishini aytdi
Yarimo'rta vazn toifasida UFC jangchisi Xamzat CHimaev Xorxe Masvidal va Kolbi Kovington jangi haqida fikr bildirdi.
"To'g'ri, Masvidal favorit. Ammo, Kolbi ham yaxshi jangchi. Kuzatamiz. Menimcha, imkoniyatlar 50ga 50. Umuman olganda, menga buni farqi yo'q.
Men Gilbert Byorns bilan jang qilaman. Umid qilamanki, bu jangdan so'ng men ushbu juftlik g'olibi bilan jang qilaman. Bizning jangimiz g'olibi Masvidal-Kovington juftligi g'olibi bilan vaqtinchalik titul uchun jang qiladi", - dedi CHimaev.
Masvidal-Kovington jangi 5 mart sanasida UFC 272 turniri doirasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar