26 mar 15:56
Yangiliklar
Xamzat CHimaev: "Xabib bilan hech qachon o'rtamizda muammo bo'lmagan"
"Biz u bilan yaxshi munosabatdamiz. Hamma o'rtamizda tushunmovchiliklar bor deb o'ylaydi, lekin men u bilan hech qachon muammoga duch kelmaganman. Biz uning ukasi Abubakar Nurmagomedov bilan suhbatlashdik va biroz tushunmovchilik kelib chiqdi.
Hech qanday muammo yo'q edi. Biz Abu-Dabida uchrashdik, bir-birimizga bir-ikki marta musht tushirdik, xolos. Hammasi joyida, biz CHecheniston va Dog'istonda bir-birimiz bilan urishib, so'ng yana aka-uka bo'lamiz. Xabib bilan hech qanday mojaro bo'lmagan.
Xamzat Xabibni yoqtirmaydi, Xabib ham Xamzatni yoqtirmaydi deb yozishadi, lekin bunday emas. Menga bu yigit yoqadi, uning janglarini tomosha qilganman. Undan ko'p narsani o'rgandim. Nega biz u bilan yomon ziddiyatga borishimiz kerak?", - dedi CHimaev.
Fikrlar