01 okt 10:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev Xabib - Getji jangiga o'z taxminini aytdi
Asli chechenistonlik, hozirda SHveciya sharafini himoya qilayotgan Xamzat CHimaev "Yil jangi"ga o'z munosabatini bildirdi.
24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov tashkilotning vaqtinchalik chempioni Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko'tariladi.
"Dahshatli jang bo'lishi aniq. O'ylaymanki, Xabib bu jangda g'alaba qozonadi. U Getjiga qarganda ancha chidamkor. Jastin kurashda yaqqol Nurmagomedovga yutqazadi. U shu kungacha Xabib darajasidagi kurashchilar bilan to'qnash kelmagan. Menda 70 ga 30 - Xabib favorit", — deya CHimaevning so'zlarini keltirmoqda TASS.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar