20 dek 11:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev yunon-rum kurashi bo'yicha Rossiya terma jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazyapti + VIDEO
O'rta vazn toifasida UFC jangchisi Xamzat CHimaev yunon-rum kurashi bo'yicha Rossiya terma jamoasi bilan birga shug'ullanyapti.
Xamzat chempionlik jangi uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Uning Drikyus Dyu Plessi - SHon Striklend jangi g'olibi bilan to'qnash kelish ehtimoli yuqori.
CHimaev o'zining so'nggi jangini oktyabr oyida avstraliyalik sobiq chempion Robert Uittakerga qarshi o'tkazib, birinchi raundda sabmishen orqali g'alaba qozongandi. Uning hisobida 14 ta g'alabali jang bor.
Havola :
Manba : MainCard
Fikrlar