01 fev 15:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Xamzat CHimaevga muammo tug'dirishi mumkin bo'lgan jangchi nomi aytildi
Amerikalik MMA jangchisi, UFC engil vaznida sobiq chempionlik davogari Yurayya Feyberning fikricha, bunday sportchi bor.
Amerikalik 31 yoshli Entoni Ernandes o'rta vaznning amaldagi chempioni Xamzat CHimaevga jiddiy muammo tug'dirishi mumkin ekan.
"Entoni Ernandesda har doim Keyn Velaskesdek chidamlilik bor — ajoyib nafas olish. Bu yirik gavdali meksikalik yigitlarda go'yoki katta bir o'pka bordek. U to'xtamay ishlay oladi. Endi esa uning yonida yuqori saviyali kurashchi va braziliyalik jiu-jitsu ustasi Eliot Kelli hamda All-American darajasidagi kurashchi Rayan Loder bor.
So'nggi ikki yil ichida u yaxshigina rivojlandi. Ularning mashg'ulot jarayoni juda yuqori darajada. Men bilaman, u o'ziga ishonadi", — dedi Feyber.

Havola :
Manba : JAXXON PODCAST
Fikrlar