02 jan 08:04
Yangiliklar

Xamzat CHimaevning asosiy nishoni - Kamaru Usman!
Asli chechenistonlik jangchi yil yakuniga qadar UFC chempioni Kamaru Usmanga qarshi oktagonga chiqmoqchilishi va mavsumni divizionning yangi chempioni sifatida yakunlamoqchi ekanini yashirmayapti. Bu haqida "Borz" o'zining "Instagram"dagi sahifasida malum qildi.
«2022 yil. InSHaAllah» – deya o'zining Instagram sahifasida qisqa xabar qoldirgan CHimaev.
Nigeriyalik 34 yoshli Kamaru Usman 2021 yilda o'z kamarini uchta jangda himoya qildi. U Gilbert Berns va Xorxe Masvidalni nokautga uchratdi, Kolbi Kovingtondan esa ochkolar hisobiga ko'ra ustun keldi. Usman keyingi jangini reytingning uchinchi pog'onasidan joy olib turgan britaniyalik Leon Edvardsga qarshi o'tkazadi.
SHveciya sharafini himoya qilayotgan 27 yoshli Xamzat CHimaev esa UFC promoushenida muddatidan oldin qozonilgan to'rtta g'alabali seriyani davom ettirmoqda. So'nggi jangida Li Jinliangni birinchi raundning o'zida bo'g'ish usulida taslim etgandi. Xamzatning keyingi raqibi Nil Megni yoki Belal Muhammad bo'lishi mumkin.
Fikrlar