17 sen 20:34
Yangiliklar
Futbol, Osiyo o'yinlari
Xanchjou-2022: Osiyo o'yinlarida qatnashadigan futbolchilarimiz taqvimida kutilmagan o'zgarish bo'ldi
Osiyo o'yinlarining futbol dasturida "C" guruhidan o'rin olgan Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz taqvimida o'zgarish bo'ldi.
Dastlabki qura natijasiga ko'ra, ushbu kvartetdan O'zbekiston, Afg'oniston, Suriya va Gonkong jamoalari o'rin olgan edi. Ammo guruh bahslari boshlanishiga 2 kun qolganida Suriya va Afg'oniston futbol jamoalari XIX Osiyo o'yinlarida ishtirok eta olmasligini malum qilgan.
Vaziyatdan chiqish maqsadida O'yinlar tashkiliy qo'mitasi bu holat bo'yicha Osiyo futbol konfederaciyasiga murojaat qildi va yakunda guruhda qolgan 2 jamoa ishtirokni davom ettirishi malum qilingan. SHu bois, endi O'zbekiston va Gonkong jamoalari o'zaro ikki uchrashuvda kuch sinashgan holda guruh g'olibini aniqlab olishadi. Yangi taqvim bo'yicha o'yinlar 22 va 25 sentyabr sanalariga belgilandi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar