So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

06 okt 07:42
Yangiliklar

Sport kurashlari

Xanchjou-2022, Parij-2024: Sport kurashlarida rejalar muhokama qilindi

Olimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoalarimizning Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari hamda Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik rejalari bo'yicha taqdimotlar davom etmoqda.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur tadbir doirasida bugun O'zbekiston Sport kurashlari associaciyasining tayyorgarlik rejasi muhokama qilindi.

ZOOM platformasida o'tkazilgan tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. Taqdimotni Associaciya bosh kotibi SHuhrat Mamadaliev olib bordi.

"Butun dunyoga katta tashvish keltirgan koronavirus pandemiyasi sportni ham chetlab o'tgani yo'q. Buning natijasida barcha musobaqalar, shu jumladan Tokio-2020 Olimpiadasi ham bir yilga kechiktirildi. SHunga qaramay, sport kurashi vakillarimiz bir zumga ham tayyorgarlikni susaytirishmadi. Uy sharoitida bo'lsa-da, murabbiylar tomonidan ishlab chiqilgan reja asosida mashg'ulotlarni olib borishdi. Karantin qoidalari yumshatilganidan keyin esa boshqa sport turlari qatori kurashchilarimiz ham mashg'ulot zallariga qaytishdi. Bugungi kunda o'smir va yoshlarimiz Toshkent viloyatininng CHimyon tog'larida, kattalar terma jamoamiz esa poytaxtda o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishgan. Hozir bor etiborimiz Olimpiya o'yinlarining licenzion musobaqalariga qaratilgan. Barcha vazn toifalarida yo'llanmalarni qo'lga kiritishimiz shart. SHuningdek, parallel ravishda Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorgarlik ketayapti. Bizda selekciya ishlari natijasida zaxira kuchli shakllangan. Yoshlarimizning xalqaro arenada ko'rsatayotgan natijasi fikrimga isbot bo'la oladi. Erkin, yunon-rim va ayollar kurashi terma jamoalarimizning ichki zaxirasi haqida iliq fikr bildira olaman. Ishlashda, yangi marrazalarni zabt etishda davom etamiz", - dedi Mamadaliev.

Tadbir yakunida MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov va boshqa mutasaddilar taqdimot yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing