17 fev 11:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Xaritonov va Mitrionga 12 soniyalik jang uchun ham gonorar to'lanadi
Rossiya va AQSH vakillari oktagondagi 12 soniyalik jang uchun belgilangan va oldindan vada qilingan gonorarni oladigan bo'lishdi.
Xabaringiz bor, kecha Sergey Xaritonov va Mett Mitrion o'rtasidagi Bellator 215 turniridan o'rin olgan markaziy jang birinchi raundning 12-soniyasida to'xtatilgan edi.
AQSHning Konnektikut shtati Ankasvill shahrida o'tkazilgan ushbu jangda Mitrion raqibining beldan past qismiga zarba bergan va buning natijasida jang o'tkazilmagan deb topilgandi.
Xaritonovni oktagondan zambilda olib chiqib ketishgan va kasalxonaga olib borishgan edi. Tashkilotchilar shunga qaramay, jangchilarga 12 soniyalik bahs uchun gonorar berishga qaror qilishdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar