15 noy 16:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Xaritonovni urgan Yandievga nisbatan ikki band bo'yicha jinoiy ish ochildi
Rossiyalik sobiq UFC jangchisi Adam Yandievga nisbatan "Qasddan jarohat etkazish" bandi bilan ikkita jinoiy ish qo'zg'atildi.
Xabaringiz bor, 13 noyabr kuni kechqurun Moskvada Yandiev hamda Bellator jangchisi Sergey Xaritonov o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan va buning natijasida Adam hamyurtining yuz va bosh qismiga to'satdan bir nechta zarba bergan edi.
SHifoxonaga olib kelingan Xaritonovga shifokorlar bosh miya chayqalishi hamda burun sinishi tashxislarini qo'yishgan. Sergey huquq-tartibot organi xodimlariga murojaat qilganidan so'ng Yandiev xibsga olingan. Bu ikki MMA jangchisi o'rtasidagi kelishmovchilik Yandievning Xaritonovga qarzi borligi sababli yuzaga kelgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar