03 may 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Xaver Mendes Xabibning xatolari haqida gapirdi
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes shogirdi qanday xatolarga yo'l qo'ygani haqida fikr bildirdi.
"Xabib ajoyib murabbiyga aylanadi. To'g'ri, u xatolar qilib turadi. Ammo xatosidan juda tez xulosa chiqaradi. Masalan, Umar Nurmagomedov jang qilganda Xabib burchakda turib menga gapirishga imkon bermagandi.
Hammasidan so'ng, Xabib yonimga kelib, mendan qanday sekundant chiqadi deb savol berdi. Men unga ajoyib ishlading, faqat menga gapirishga imkon bermading dedim. Xabib o'sha zahoti kechirim so'radi va keyingi jangda bu xatoni takrorlamadi", - dedi Xaver Mendes.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar