30 may 19:25
Yangiliklar

Xavi "Oltin to'p" yutmagani haqida: "O'zimni Messi va Ronaldudan ustun deb hisoblamayman, men o'yinlarni yakka o'zim yutib olishga qodir emas edim"
"Men faqat "Bronza to'p"ni qo'lga kiritishni xohlaganman. 2008 yildan 2012 yilgacha uch marta dunyoning eng yaxshi uchinchi o'yinchisi bo'ldim, bir marta to'rtinchi va bir marta beshinchi bo'ldim.
Men o'zimni Messi, Krishtianu Ronaldu yoki so'nggi yillarda g'olib bo'lganlardan ustun deb hisoblamayman. Men o'zimni o'yinni boshqaradigan pleymeyker deb bilardm. Menda o'yinlarni yakka o'zim yutib olish qobiliyati yo'q edi. Jamoa g'alaba qozonishi uchun o'yin qura olardim.
Men bunday darajada bo'lganimdan va eng muhimi, tarixda o'z nomimni qoldirganimdan juda faxrlanaman. Do'stlarim Inesta va Messi bilan tushgan surat – bu tarixiy narsa. Bu ajoyib, orzularim amalga oshdi", – dedi "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi va murabbiyi.
Fikrlar