01 iyu 09:25
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/755_220.jpg)
Xeydan 130 ming dollar miqdoridagi insonparvarlik yordami
Professional boksning ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni britaniyalik 35 yoshli Devid Xey hamyurti 25 yoshli Nik Blekvellga 130 ming dollar miqdorida yordami berdi.
Gap shundaki, Nik 26 mart kuni Kris Yubankka qarshi kechgan jangda og'ir nokautga uchrab, koma holatiga tushib qolgandi. Sakkiz kun davomida komada yotgan Blekvell keyinchalik o'ziga kelgandi. Unga shifokorlar miyaga qon quyulish tashxisini qo'yishgandi.
Garchi bokschi o'ziga kelgan bo'lsada, endi boshqa boks faoliyati bilan shug'ullana olmaydi. O'sha paytda Devid Xey o'zi ishtirokidagi Arnold Gerjga qarshi jang chiptasi sotuvidan tushadigan mablag'ning 10 foizini aynan Blekvellga yordam tariqasida berishga vada qilgandi. Ushbu summa 130 ming dollar ekanligi oydinlashdi.
Havola :
Fikrlar