03 noy 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Xilberto Ramires: "Bivol bir necha yil davomida mendan qochdi"
Supero'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni meksikalik Xilberto Ramires WVA chempionlik kamari sohibi Dmitriy Bivolga qarshi jang oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Men juda g'ayratliman, chunki jahon chempioni bo'lish uchun bu jangni uzoq kutdim. 5 noyabr kuni Abu-Dabida hozir bo'lishga sabrim etmaydi.
Bivol so'nggi bir necha yil davomida mendan qochib kelmoqda. Lekin endi vaqti keldi, uning boradigan joyi yo'q. Bu men uchun ham, anchadan beri bu jangni talab qilib kelayotgan muxlislar uchun ham hayajonli bo'ladi. Ikki eng yaxshi yarim og'ir vaznli jangchilar to'qnash kelishadi", - deya Ramiresning so'zlarini keltiradi Boxing News 24/7.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar