10 jan 18:55
Yangiliklar

Xirn: Joshua Usik bilan revansh jangi oldidan katta tavakkal qiladi
Promouterning so'zlariga ko'ra, Joshua o'z murabbiyi Rob Makkrekenni shaxsan o'zi qaror haqida malum qilgan:
«Ular hammasini muhokama qilib bo'lishgan. Joshua esa yangi murabbiy qo'l ostida ishlashni ochiqchasiga elon qildi. Rob jamoada qoladimi? O'ylaymanki, Entoni bu savolga yaqin haftalarda javob beradi»
Xirn Joshuaning qarorini tavakkal deb hisoblaydi, ammo u o'z jangchisini to'liq qo'llab-quvvatlaydi:
«Yangi murabbiy? Ha, bu juda katta xavf. Ammo agar bokschi o'zgartirish kerakligini his qilsa, hamma narsani avvalgidek qoldirish yanada xavfliroq. Menimcha, agar Entoni nimadir noto'g'ri ekanligini his qilsayu, lekin hech qanday o'zgarishlar qilmasa, biz revansh olishga rozi bo'lmasligimiz kerak. Men uning faolligini yaxshi ko'raman. Va uning ijobiy munosabatidan xursandman. SHunday ekan, u qanday qaror qabul qilsa ham, bu unga foyda keltirishiga shubham yo'q».
Fikrlar