26 mar 15:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn Joshuaning yana nechta jangi qolganini aytdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn mijozining kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
"Biz barcha variantlarni ko'rib chiqishimiz kerak. Parker bilan jang qilish imkoniyati yaxshi. Lekin Entonining o'zidan so'rasangiz, u faqatgina ikkita jang — Fyuri va Dyubua bilan jang o'tkazishga qiziqadi.
Menimcha, u Dyubua bilan jang qilishi kerak. Ikkalasida ham shartnoma bor edi. Joshua og'ir vazn toifasidagi eng katta reklama keltiruvchi nom hisoblanadi. U o'z vazn toifasidagi eng mashhur bokschi.
Umuman olganda, uni hisobida yana ikkita jang qoldi. SHunday ekan, biz raqib tanlasak, yarashaveradi. U mashg'ulotlarga qaytdi, lekin sparringlarga hozircha tayyor emas. Joshuaga yana olti-etti hafta kerak. U tayyor bo'lganida biz qarorimizni elon qilamiz", dedi Xirn.
Havola :
Manba : talkSPORT
Fikrlar